Oferta
Ushbu kod faqat shaxsiy foydalanish uchun sotiladi. Kodni qayta sotish, boshqalarga tarqatish yoki ulashish taqiqlanadi. Litsenziya faqat xaridorning o'ziga tegishli. Shart buzilsa, litsenziya ogohlantirishsiz to'xtatiladi. Kodga bo'lgan barcha huquqlar CODMEX'ga tegishli.
Har bir nusxa xaridorga biriktirilgan noyob himoya kaliti bilan yetkaziladi. Kalit bir martalik xarid uchun beriladi, muddatsiz amal qiladi va qayta to'lov talab qilmaydi. Shartlar buzilganda (qayta sotish yoki tarqatish) sotuvchi kalitni masofadan to'xtatishi mumkin: bunda bot ishlashdan to'xtaydi, ammo ma'lumotlaringiz o'chirilmaydi va buzilmaydi.
To'lov faqat ilova ichidagi balans orqali amalga oshiriladi. Raqamli mahsulot yetkazilgandan so'ng pul qaytarilmaydi; yetkazib berish amalga oshmagan holatda mablag' balansingizga avtomatik qaytariladi.